Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
Qo‘mita bu masalada Ijro kengashining 2023 yil mart oyidagi tavsiyasiga amal qilishini ta’kidladi.
Rossiya sport jamoalari, shu jumladan, mamlakat hokkey bo‘yicha milliy jamoasi 2026 yilda Milan-Kortinada o‘tkaziladigan Qishki Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etmaydi. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga (XOQ) tayanib Reuters xabar berdi.
«XOQ Ijro kengashining 2023 yil mart oyidagi Rossiya pasportiga ega sportchilar va jamoalari bo‘yicha tavsiyasi o‘z kuchini saqlab qoladi. Bu ta’rifga ko‘ra, yakka tartibdagi neytral sportchilar guruhini jamoa deb hisoblash mumkin emas. Biz IIHF (Xalqaro hokkey federatsiyasi) ushbu tavsiyani tasdiqlaganini hisobga olamiz», deyiladi xabarda.
Italiyadagi Qishki Olimpiya o‘yinlari 2026 yil 6-22 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tgan Yozgi Olimpiya o‘yinlarida Rossiya va Belarus sportchilari neytral maqom ostida, milliy ramzlarsiz bellashgan.
Shuningdek, 2023 yil oktyabr oyida XOQ Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan viloyatlari, xususan, Lugansk, Donetsk, Xerson va Zaporojiye viloyatlari mintaqaviy olimpiya kengashlarini tan olgani uchun Rossiya Olimpiya qo‘mitasi faoliyatini to‘xtatgani ma’lum.
Shu bilan birga, yaqinda belaruslik dzyudochilarga davlat bayrog‘i ostidagi musobaqalarda qatnashish uchun ruxsat berildi. Ukraina dzyudo federatsiyasi bu qarorni zudlik bilan qoraladi va bu Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tavsiyalarini qo‘pol ravishda buzish ekanini ta’kidladi.
Mavzuga oid
21:45 / 07.05.2026
XOQ Belarus sportchilari uchun barcha cheklovlarni bekor qildi
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
22:00 / 22.02.2026