Jahon | 19:30 / 06.06.2025
3406
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada Uilyam Tyornerning 150 yil oldin yo‘qolgan kartinasi topildi

Rassom ushbu kartinani 17 yoshida moybo‘yoqda chizgan. Kartina 300 ming funtga baholanmoqda.

Foto: Sotheby's

Buyuk Britaniyada rassom Uilyam Tyornerga tegishli bo‘lgan kartina topildi, u haqida deyarli bir yarim asr davomida hech qanday ma’lumot bo‘lmagan, deb yozadi BBC.

Qayd etilishicha, The Rising Squall surati moybo‘yoqda chizilgan. Unda Bristoldagi Hot-Uells issiq bulog‘i bo‘ronli peyzaj fonida tasvirlangan. Bu Tyornerning eng birinchi ishlaridan hisoblanadi — rassom uni 17 yoshida chizgan.

Karina ilk bor 1793 yilda Qirollik akademiyasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan. 1858 yilgacha polotnaning taqdiri haqida hech narsa ma’lum bo‘lmagan — oxirgi marotaba u Avstraliyada namoyish etilgandi. 2024 yili kartinani qayta tiklash ishlari vaqtida Tyornerning imzosi aniqlanmaguniga qadar, surat britaniyalik rassomga tegishli ekanini hech kim bilmagan. Ekspertlar Tyornerning moybo‘yoqdagi eng birinchi ishi — bu «Dengizdagi baliqchi» polotnosi, deb hisoblab kelgan.

Kartina Londonning Sotheby’s kimoshdi uyi orqali 28 iyundan 1 iyulga qadar ko‘rgazmaga qo‘yiladi, keyin esa sotuvga chiqariladi. Kartina 300 ming funt sterlingga baholanmoqda.

Фозилбек Юсупов
Tayyorlagan Фозилбек Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid