Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi
Janni Infantino O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqqani bilan prezident hamda butun o‘zbekistonliklarni tabrikladi.
Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi.
«Janobi Oliylari,
Hurmatli Prezident!
Kecha O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi bo‘lib JCh-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.
Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun O‘zbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz.
Bunday ajoyib yutuq ushbu muvaffaqiyatga aloqador bo‘lgan barchaning birgalikdagi sa’y-harakatlari va qat’iy irodasi tufayli amalga oshdi. Sizga, hukumatingizga, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga, futbolchilarga, murabbiyga, barcha xodim va rahbarlarga, shuningdek, albatta, qalbi qaynoq muxlislarga samimiy tabriklarimni yo‘llayman.
Muhtaram Prezident, Sizga 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatida muvaffaqiyatlar tilayman hamda Siz, Janobi Oliylari bilan yana bir bor uchrashish imkoniyatini intiqlik bilan kutaman».
O‘zbekiston milliy jamoasi 5 iyun kuni Jahon chempionati saralashi 9-turida BAA bilan 0:0 hisobida durang o‘ynab, mundial yo‘llanmasiga ega chiqdi. Bu O‘zbekiston tarixidagi ilk jahon chempionati bo‘ladi. Shu kunning o‘zida Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi. Shuningdek, FIFA prezidenti Janni Infantino ham o‘zbekistonlik futbolchilarni tabrikladi.
Mavzuga oid
21:30
Amerikada tarixdagi eng qimmat jahon chempionati boshlanmoqda - barchasi muxlislar puli hisobiga
17:55
O‘zbekistonning JChdagi asosiy libosi ESPN reytingida oxirgi uchtalikka kirdi
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
19:24 / 09.06.2026