AQŞning ESPN telekanali 2026 yilgi mundial iştirokçilarining uy va safar liboslarini örganib, ularning reytingini tuzdi. Özbekiston milliy jamoasining oq rangli asosiy libosi 105 ta forma orasida 103-örinda, kök rangli safar formasi esa 84-örinda qayd etildi.
Sport sohasida jahondagi eng nufuzli medialardan biri – ESPN futbol böyiça 2026 yilgi jahon çempionati iştirokçilarining ekipirovkalari dizayniga baho berib, mundial liboslari reytingini tuzdi.
Telekanal barça 48 ta milliy jamoaning uy va safar liboslari, şuningdek, yana 9 ta jamoaning uçinçi darajali liboslarini körib çiqqan.
Reytingda Özbekiston milliy jamoasining 7Saber brendi tomonidan işlab çiqilgan oq rangli asosiy formasi 105 ta forma orasida 103-örinda, kök rangli safar formasi esa 84-örinda qayd etilgan.

“Özbekiston milliy jamoasining uy uçraşuvlari uçun möljallangan formasi asosan oq rangda işlangan bölib, unda töq kök rangli nozik bezak çiziqlari qöllangan. Yöl-yöl yoqa qismida mamlakat bayroği ranglari aks etgan. Matoda esa an’anaviy sözana kaştaçiligi va töqimaçilik san’atidan ilhomlangan mozaikasimon naqşlar joy olgan”, – deyiladi maqolada.
ESPN Özbekistonning asosiy formasiga qaraganda safar libosiga yuqoriroq baho berganini izohlarkan, matodagi sözana naqşlari va yoqa qismiga tuşirilgan bayroq ranglari oqdan köra, kök fonga köproq mos tuşganini qayd etgan.
Ma’lumot uçun, Özbekiston Futbol assotsiatsiyasi milliy jamoaning mundialdagi ilk iştiroki munosabati bilan ekipirovka masalasida yirik xalqaro brendlar bilan hamkorlik masalasini körib çiqqani yoki yöqligi ma’lum emas. Assotsiatsiya 2025 yil 15 avgustdagi bayonotida Özbekiston terma jamoalari bundan buyon 7SABER brendi işlab çiqqan liboslarda töp surişini e’lon qilgan.
7SABER brendiga 2019 yilda Özbekistonda asos solingan bölib, 2021 yil iyun oyida Toşkentda rasman taqdim etilgan. 2020 va 2024 yillardagi olimpiadalarda Özbekiston terma jamoalari ayni şu brend liboslarida iştirok etgan edi.















