Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda qishloq xo‘jaligi bo‘limi mas’ul xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Yangiariq tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limining mas’ul xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Foto: DXX
DXX xabariga ko‘ra, Xorazm viloyati Yangiariq tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limining mas’ul xodimi tuman hududida joylashgan va “Xorazm davlat o‘rmon xo‘jaligi” davlat muassasasi balansida bo‘lgan 29 gektar yer maydonini chorvachilik yo‘nalishida 49 yil muddatga ijara asosida foydalanish uchun olib berish va mansabdor tanishlari orqali kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 4000 AQSh dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs 3900 AQSh dollari va 1 297 000 so‘m pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:25 / 18.03.2026
Farg‘ona va Navoiyda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi
20:37 / 16.03.2026
Jizzaxda «operativnik» firib ustida qo‘lga olindi
13:08 / 16.03.2026
Qoraqalpog‘istonda yo‘l qurish loyihasi bo‘yicha 10 ming dollar talab qilgan mansabdor ushlandi
08:26 / 16.03.2026