Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 23 ming taksichi ishsiz qolishi mumkin - Yandex
Yandex Uzbekistan kompaniyasining hukumat bilan aloqalar bo‘yicha direktori Sardor Qodirov taksichilar faoliyati bilan bog‘liq yangi tartib tufayli Toshkent shahrining o‘zida 23 ming haydovchi ishsiz qolishi mumkinligini ta’kidladi.
Foto: Yandex
«O‘zbekistonda 1 millionga yaqin haydovchi bor. Bu - ish o‘rni, barqaror daromad va yuz minglab odamlarning tirikchiligi. 2 apreldan kuchga kirgan yangi tartibga ko‘ra, taksi haydovchilari faqat mashinasi ro‘yxatdan o‘tgan viloyatda yoki unga tutash hududlarda ishlashi mumkin. Ya’ni viloyatdagi taksist Toshkentda ishlay olmaydi. Faqat poytaxtning o‘zida 23 000 haydovchi ishsiz qolishi mumkin», deb yozdi u.
Sardor Qodirov qarorga qanday asos keltirilganiga ham izoh berib, mantiqli javoblarni kutmaslikni ta’kidladi.
«Tirbandlikni kamaytiradi, deyishmoqda. Ammo bu xato. Toshkent ko‘chalarida bir vaqtda 900 mingga yaqin mashina, ularning atigi 12–30 mingtasi taksi, 2 mingtasi avtobus. Taksi - shaxsiy avtomobilga nisbatan 3 barobar samaraliroq transport. Uni kamaytirish tirbandlikni emas, yolg‘iz yuradigan mashinalar sonini oshiradi», deb yozdi u.
Qodirovning ta’kidlashicha, taksi – bu O‘zbekistonda birinchi marta to‘liq raqamlashtirilgan va legallashtirilgan kasb.
«Bu soliq, nazorat va xavfsizlik bo‘yicha real yutuq edi. Endi esa eng ochiq va «toza» sektordan cheklovlar boshlanyapti. Bu - o‘sha o‘sha davrga qaytarmasmikan bizlarni?», deb yozdi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda taksi haydovchilari faqat o‘z hududi va unga tutash hududlarda ishlashi mumkinligini nazarda tutuvchi cheklovlar qo‘llana boshlangani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:00 / 03.12.2025
Korzinka mahsulotlari endi Market Yandex Go platformasida: xizmat ularni yangi shaharlarga yetkazishda yordam beradi
00:01 / 16.11.2025
Soliq qo‘mitasi Yandex yashirin soliq imtiyozi olgani to‘g‘risidagi xabar bo‘yicha izoh berdi
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025