Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqaroga suvdan qarzi borligi haqida yolg‘on SMS yuborgan operator ushlandi
Farg‘ona viloyatida fuqaroga suv ta’minotidan qarzdorligi mavjudligi haqida yolg‘on SMS xabarnoma yuborgan operator ushlandi.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ Marg‘ilon shahar filiali abonentlar bo‘limi operatori A.O. fuqaro Yo.M.ning xonadonida ichimlik suvi ta’minotidan qarzdorligi bo‘lmasa-da, aholiga qarzdorliklar haqida xabar berishda foydalaniladigan telefon raqamidan Yo.M.ning telefon raqamiga go‘yoki 9,6 mln so‘m qarzdorligi borligi haqida yolg‘on SMS xabarnoma yuborib, ushbu qarzdorlikni yopib berishi evaziga fuqarodan 9 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:14 / 17.10.2025
Farg‘onada Nexia maktab oldida uch o‘quvchini urib yubordi
11:49 / 11.09.2025
Yoshlarga foizsiz qarz beriladi
12:29 / 26.08.2025
Tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha umidsiz qarzlar onlayn hisobdan chiqariladi
23:32 / 22.08.2025