Xususan, DXX va Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyati boşqarmasi Pastdarğom tuman filiali kadastr muhandisi özining vakolatli tanişlari orqali mahalliy fuqaroga tegişli 2 sotix yer maydonining kadastr pasportini davlat röyxatidan ötkazib beriş evaziga 2,5 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Hozirda mazkur muhandisga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan.
Şuningdek, DXX Surxondaryo viloyati böyiça boşqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Şerobod tumani davlat soliq inspeksiyasining sobiq boş inspektori viloyat Iqtisodiy sudida körilayotgan iqtisodiy iş doirasida boğdorçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjaligiga nisbatan egalik huquqini tiklab beriş evaziga 1983 yilda tuğilgan fuqarodan 10 million söm olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllandi.
Fuqarolar bu kabi qonunbuziliş holatlariga duç kelgan taqdirda DXXning 1520 qisqa raqamiga murojaat qilişi mumkin. Şaxsining sir saqlanişi kafolatlanadi.

















