Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Eron davlat televideniyesi qarorgohiga zarba berdi
Hujum lahzasi jonli efirga tushib qoldi.
Isroil Eronning IRIB davlat teleradiokompaniyasi qarorgohiga zarba berib, teledasturlarni bir necha daqiqaga to‘xtatib qo‘ydi, deb xabar berdi Mehr.
Agentlik hujum sodir etilgan jonli efir videosini e’lon qildi.
Tasnim agentligi xabar berishicha, hujum vaqtida efirda bo‘lgan IRIB boshlovchisi Sahar Imomiy birozdan keyin jonli efirga qaytgan.
Ko‘rsatuv boshqa studiyalardan olib borilmoqda.
Avvalroq Isroil mudofaa kuchlari (IDF) fors tilida ogohlantirish berib, Tehron aholisining uchdan bir qismini – shahar shimoli-sharqida yashovchilarni evakuatsiya qilishga chaqirgan edi.
«Yaqin soatlarda Isroil armiyasi so‘nggi kunlardagi kabi, butun Tehron bo‘ylab Eron rejimining harbiy infratuzilmasiga hujum qiladi», deyilgandi bayonotda.
Ko‘p o‘tmay Isroil mudofaa vaziri Israel Kats media obektiga zarba berilishiga ishora qilib bayonot berdi. «Eron tashviqoti va fitnasi manbai yo‘q bo‘lib ketish arafasida. Hudud aholisini evakuatsiya qilish boshlandi», deya uning so‘zlarini keltirgan Ynet axborot agentligi.
Mavzuga oid
07:31 / 04.05.2026
Tramp Eronning yangi tinchlik takliflarini rad etdi
21:13 / 03.05.2026
Yaqin Sharqdagi urush NATO mamlakatlari Rossiya bilan urushga tayyor emasligini ko‘rsatdi
17:31 / 03.05.2026
“AQSh-Eron: Tramp imkoniyat oynasini ochiq qoldiryapti” - siyosatshunos
13:10 / 03.05.2026