Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng yaxshi aviakompaniyalar reytingi tuzildi
Qatarning Qatar Airways aviakompaniyasi eng yaxshi deb topildi. O‘zbekiston aviakompaniyalari eng yaxshi yuztalikka kiritilmadi.
Qatar Airways to‘qqizinchi bor dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi deb topildi. Britaniyaning Skytrax konsalting kompaniyasi tomonidan 1999 yildan beri o‘tkazilayotgan World Airline Awards reytingi g‘oliblarini e’lon qilish marosimi Parijdagi Xalqaro aviakosmik salonda bo‘lib o‘tdi.
Singapore Airlines o‘tgan yilgi reytingdagi ikkinchi o‘rnini saqlab qoldi. Bu yilgi eng yaxshi o‘ntalikka Cathay Pacific, Emirates, ANA All Nippon, Turkish Airlines, Korean Air, Air France, Japan Airlines va Hainan Airlines kirdi.
Eng yaxshi yuztalikka O‘zbekiston aviakompaniyalari kiritilmadi. Qozog‘istonning Air Astana aviakompaniyasi 36-o‘rinda, FlyArystan 87-o‘rinda qayd etildi.
Skytrax reytingi yo‘lovchilar fikriga asoslanadi. So‘nggi reytingda 22,3 millionga yaqin yo‘lovchi so‘rovdan o‘tkazildi, ular turli mamlakatlarning 325 dan ortiq aviakompaniyasi xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.
«Eng yaxshi ekipaj» nominatsiyasida Singapore Airlines g‘olib chiqdi. Turkish Airlines Yevropada eng yaxshi bo‘ldi. EVA Air esa eng ozoda aviakompaniya deb topildi.
Mavzuga oid
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
08:45 / 22.06.2026
Internet eng arzon va eng qimmat bo‘lgan davlatlar reytingi e’lon qilindi
18:55 / 20.06.2026
Nodirbek Abdusattorov jahon shaxmat reytingida eng yuqori uchtalikka kirdi
09:00 / 13.06.2026