Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi
Gennadiy Shapovalov yangi lavozimda ish boshlaydi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Gennadiy Shapovalovni Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni etib tayinladi. Tegishli farmon prezident saytida e’lon qilindi.
Shapovalov 2025 yil fevraligacha «Janub» tezkor qo‘mondonligini boshqargan. Shundan so‘ng u Ukrainaning Germaniyadagi NATO harbiy yordam va o‘quv missiyasiga (NSATU) vakili etib tayinlandi.
1 iyun kuni general-mayor Mixaylo Drapatiy Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimidan iste’foga chiqish haqida ariza topshirganini ma’lum qildi. Bu Rossiyaning Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlari o‘quv bo‘linmalaridan biriga raketa zarbasi berganidan ko‘p o‘tmay sodir bo‘ldi. Zarba oqibatida 12 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, 60 nafardan ortig‘i jarohat oldi.
«Bu 239-o‘quv poligonida askarlarimizning halok bo‘lishiga olib kelgan fojia uchun shaxsiy javobgarlik hissimdan kelib chiqqan ongli qadamdir», dedi Drapatiy.
3 iyun kuni Drapatiy Ukraina Qurolli kuchlari birlashgan kuchlari qo‘mondoni etib tayinlandi. Bu harbiy qo‘mondonlik organi bo‘lib, Bosh shtabga bo‘ysunadi va yirik operatsiyalar paytida turli qo‘shinlar guruhlari o‘rtasida muvofiqlashtirish uchun mas’uldir.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026