Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda kredit ajratilishini o‘ziga o‘zi taqiqlash imkoniyati paydo bo‘ldi
Jismoniy shaxslar o‘ziga o‘zi kredit olishni taqiqlash orqali, ularning nomidan boshqalar kredit olishining oldini olgan bo‘ladi. Taqiqni onlayn tarzda faollashtirish va bekor qilish mumkin. Bu xizmatdan foydalanish bepul.
Kun.uz so‘rovi asosida sun’iy intellekt yaratgan surat
O‘zbekistonda 6 iyundan e’tiboran jismoniy shaxslar o‘z nomiga kredit rasmiylashtirilishini taqiqlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu haqda “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi xabar bermoqda.
Bu xizmat bepul bo‘lib, undan hozirda kredit byurosining rasmiy sayti orqali foydalanish mumkin.
Taqiqni faollashtirish orqali, fuqarolar o‘zlari bexabar bo‘lgan holda ularning nomiga kredit bitimi rasmiylashtirilishining oldini olgan bo‘ladi.
Bu boradagi qonun shu yil mart oyida imzolangan edi. Qonunga ko‘ra, jismoniy shaxslarga o‘z nomiga kredit rasmiylashtirishni taqiqlash uchun yozma yoki elektron shaklda YaIDXP, davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolariga murojaat qilishlari mumkin.
Taqiq kiritish ham, taqiqni yechish ham bepul amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari tizimida hozircha bu imkoniyat joriy etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 20 iyundan boshlab, fuqarolar o‘zlarining kredit tarixi olinishiga cheklov o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lgandi.
Mavzuga oid
22:21 / 02.12.2025
Yevropa diplomatiyasi sobiq rahbari Federika Mogerini qo‘lga olindi
14:30 / 25.11.2025
Avtomobilni sotishda yurgan masofasini yashirganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
08:20 / 24.11.2025
Hakamlik sudi sudyasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
19:33 / 22.11.2025