Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pavel Durov o‘z boyligini 100 dan ortiq farzandlari orasida taqsimlaydi
Uning aytishicha, farzandlaridan hech biri yana 30 yil davomida meros ololmaydi.
Foto: AP
Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov ko‘p milliard dollarlik boyligini 100 dan ortiq farzandi o‘rtasida taqsimlashini aytdi. Bu haqda Fransiyaning Le Point jurnalidagi Durov intervyusiga asoslanib, Euronews xabar berdi.
Durov hozir Telegram platformasining yagona aksiyadori hisoblanadi va u donor spermadan tug‘ilgan barcha bolalari «bir xil huquqlarga» ega bo‘lishini istaydi.
«Men o‘limimdan keyin ular bir-birini bo‘g‘izlashini xohlamayman», deb qo‘shimcha qildi u.
Tadbirkorning iddao qilishicha, uning donor spermasi yordamida 12 ta davlatda 100 dan ortiq bola dunyoga kelgan. Bundan tashqari, Durov uch ayoldan tug‘ilgan olti farzandning rasmiy otasi hisoblanadi.
Pavel Durovning qo‘shimcha qilishicha, uning farzandlaridan hech biri yana 30 yil davomida meros ololmaydi.
«Men ular oddiy odamlardek yashashini, o‘z karerasini qurishini, o‘ziga ishonishni o‘rganishini, ijod qila olishini va bank hisobiga qaram bo‘lmasligini istayman», deb tushuntirdi u.
Durov tomonidan asos solingan Telegram platformasi oylik milliard foydalanuvchiga ega. Uning boyligi 15-17 milliard dollarga baholangan.
Mavzuga oid
13:51 / 07.01.2026
FT: Rossiyada Telegram’ning 500 mln dollarlik obligatsiyalari muzlatib qo‘yilgan
13:34 / 02.01.2026
Telegram orqali giyohvandlik savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
08:58 / 30.12.2025
RF sudi Telegram va WhatsApp’ni cheklashga qarshi da’voni rad etdi
19:43 / 24.12.2025