Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliya fuqarolik olish qoidalarini qat’iylashtiryapti
Parlamentga taqdim etilgan qonun loyihasi fuqarolikni olish uchun talab qilinadigan mamlakatda yashashning minimal muddatini 5 yildan 10 yilgacha oshiradi.
Foto: Getty Images
Portugaliyaning o‘ng «Demokratik alyans»i (AD) tomonidan tuzilgan ozchilik hukumati fuqarolik va migratsiya to‘g‘risidagi qonunlarga bir qator o‘zgartirishlar kiritib, fuqarolik olish bo‘yicha qonunchilikni kuchaytirish choralarini ko‘ryapti.
Bosh vazir Luish Montenegru boshchiligidagi va 18 may kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari parlament saylovlaridan so‘ng hokimiyatga kelgan yangi vazirlar mahkamasining birinchi muhim qarori xorijliklarning fuqarolik olishini qiyinlashtirish bo‘ldi.
23 iyun kuni Vazirlar kengashi tomonidan ma’qullangan va parlamentga taqdim etilgan qonun loyihasiga ko‘ra, fuqarolik olishga murojaat qilish uchun mamlakatda yashashning minimal muddati 5 yildan 10 yilgacha oshiriladi.
Portugal tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar fuqarolari uchun bu muddat 7 yil bo‘ladi va ortga hisoblash ular yashash uchun ruxsatnoma olgan paytdan boshlanadi.
Qonun loyihasi, shuningdek, barcha ariza beruvchilar uchun portugal tili va madaniyati bo‘yicha imtihon topshirishni majburiy qiladi.
Qonun loyihasining bandlardan biri Portugaliyada tug‘ilgan xorijliklarning farzandlari uchun fuqarolik olish shartlarini qat’iylashtirishdan iborat. Ilgari bunday fuqarolik avtomatik tarzda berilgan, endi ota-onalar mamlakatda kamida uch yil yashashi va rasmiy ariza topshirishi kerak bo‘ladi.
Shuningdek, ilgari Pireney yarimorolidan chiqarib yuborilgan sefard yahudiylarining avlodlari uchun avval soddalashtirilgan tartib asosida berilgan fuqarolikka alohida huquqni bekor qilish rejalashtirilmoqda.
O‘ta o‘ng muxolifatdagi Chega partiyasi ham qo‘llab-quvvatlagan qonun loyihasi parlament tomonidan osonlik bilan tasdiqlanishi kutilmoqda.
Shunga o‘xshash qoidalar Ispaniyada so‘nggi o‘n yil davomida amalda bo‘lib kelyapti.
Mavzuga oid
23:03 / 27.11.2025
Portugaliya o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi
18:34 / 12.09.2025
Rossiyada Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarga fuqarolik berishni to‘xtatish taklif etildi
16:01 / 07.09.2025
Portugaliyadan Vladivostokka velosipedda ketayotgan fransuz Rossiyada hibsga olindi
01:37 / 15.08.2025