Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘aznachilik xizmati va pensiya jamg‘armasining tuman bo‘limlari tugatiladi
Prezident tomonidan "Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmon imzolandi.
2027 yil 1 yanvardan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatini raqamlashtirish hisobiga tugatiladi. Bunda G‘aznachilik qo‘mitasi va Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalarida 1-3 shtat birligidan iborat ixcham xizmat ko‘rsatish ofislari tashkil etiladi.
2026 yil 1 dekabrdan boshlab pensiya tizimida quyidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali:
fuqarolarning mavjud ish staji va ish haqlari to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlarga asosan pensiya miqdorini oldindan aniqlash bo‘yicha "Mening pensiyam" onlayn xizmati joriy etiladi;
pensiya ta’minotiga oid barcha xizmatlar to‘liq proaktiv, elektron hamda interaktiv shaklga o‘tkaziladi.
2025 yil 1 oktyabrgacha fuqarolarning pensiya to‘lovlariga undirish qo‘llanishidan oldin ularni oldindan xabardor qilish tizimi joriy etiladi.
Mavzuga oid
21:12 / 15.12.2023
Ijtimoiy soliqni taqsimlash, pensiya va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun ajratilgan xarajatlarni qoplash tartibi belgilandi
22:32 / 24.10.2023
Dunyodagi eng yirik suveren jamg‘arma 30 milliard dollar zarar ko‘rganini ma’lum qildi
20:29 / 03.07.2020
Dunyodagi eng yirik pensiya jamg‘armasi 3 oy ichida 164 milliard dollar yo‘qotdi
22:09 / 08.05.2020