Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng yirik suveren jamg‘arma 30 milliard dollar zarar ko‘rganini ma’lum qildi
Norvegiya davlat pensiya jamg‘armasi 34 milliard dollar yo‘qotdi.
Foto: Freepik
Dunyodagi eng yirik suveren jamg‘arma hisoblangan Norvegiya davlat pensiya jamg‘armasi (GPFG) juda katta zarar ko‘rgani haqida xabar berdi.
Tashkilot hisobotida aytilishicha, uchinchi chorakda 2,2 foiz zarar ko‘rilgan va qariyb 34 milliard dollar ekvivalenti yo‘qotilgan.
«Ayniqsa, texnologiyalar, sanoat va iste’molchilar sektori rentabellikka salbiy ta’sir ko‘rsatdi», dedi bosh direktor o‘rinbosari Trond Grande.
Norvegiya kronasi kursining ko‘tarilishi ham jamg‘arma qiymatini pasaytirgan.
Norvegiya davlat pensiya jamg‘armasi (GPFG) Xitoyning ikkita fondini ortda qoldirib, dunyodagi eng yirik jamg‘arma hisoblanadi. Ayni paytda fond dunyodagi barcha aksiyalarning qariyb 1,5 foiziga egalik qiladi. U 70 ta mamlakatdagi 9,2 mingdan ortiq kompaniya aksiyalariga ega. Qimmatli qog‘ozlar portfelining eng katta ulushini Apple, Microsoft, Alphabet (Google), Amazon va Nvidia aksiyalari egallaydi. Davlat qimmatli qog‘ozlari portfelida eng katta ulushni AQSh obligatsiyalari, kamroq darajada esa Yaponiya va Germaniya obligatsiyalari egallaydi.
GPFG o‘tgan yilning birinchi yarmida rekord darajadagi 174 milliard dollar yo‘qotgan edi.
Mavzuga oid
18:15 / 17.11.2025
Qayta hisobotdan keyin O‘zbekistonning 2024 yilgi yalpi ichki mahsuloti 121 mlrd dollardan oshdi
08:03 / 13.11.2025
Norvegiya Ukraina kreditiga yakka holda kafil bo‘lishdan bosh tortdi
23:40 / 10.11.2025
Norvegiyada Xitoyning Yutong avtobuslari xavfsizligidan xavotir paydo bo‘ldi
18:47 / 01.11.2025