Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriya bilan bog‘liq terrorchilik tuzilmalari ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqadi
Marko Rubio Suriya Tashqi ishlar vazirligi rahbari bilan telefon orqali muloqot qildi.
AQSh davlat kotibi Marko Rubio suriyalik hamkasbi Asad Hasan Shayboniy bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida Suriya bilan bog‘liq terrorchilik tuzilmalari ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilganini ma’lum qildi.
AQSh Davlat departamenti rasmiy saytida chop etilgan bayonotga ko‘ra, Rubio va Shayboniy telefon orqali suhbat chog‘ida vaziyatni muhokama qilgan.
Rubioning qayd etishicha, AQSh va BMT Suriya bilan bog‘liq terror tashkilotlari ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish va bu boradagi keyingi qadamlarni aniqlashtirishni rejalashtirmoqda.
Bu qadamlar Suriya xalqi uchun ham, AQSh va Suriya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar uchun ham yangi davr boshlashiga umid bildirgan Rubio «yomon o‘yinchilar»ga, jumladan hokimiyatdan ag‘darilgan yetakchi Bashar Asad va uning yaqin doiralariga nisbatan sanksiyalarni davom ettirish qat’iyligini ta’kidladi.
Tomonlar shuningdek, terrorizmga qarshi kurash, Eronning Suriya va Isroil bilan aloqalari, Asad rejimining kimyoviy qurol dasturining qolgan qismlarini yo‘q qilish kabi keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildi.
30 iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish haqidagi farmonni imzoladi.
Mavzuga oid
08:50
AQSh Eronga qarshi yangi zarbalar berdi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12 / 09.06.2026