Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beruniy tumani hokimi o‘rinbosari 12 ming dollar bilan ushlandi
U MChJ rahbariga qizilmiya ildizini yetishtirishi uchun Beruniy tumani hududidan 150 gektar yer maydoni ajratib berishni va’da qilgan.
Foto: Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida hokimi o‘rinbosari, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimi pora bilan qo‘lga olindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani hokimining o‘rinbosari Taxiatosh tumanida faoliyat olib borayotgan qizilmiya ildizlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan MChJ rahbariga qizilmiya ildizini yetishtirishi uchun Beruniy tumani hududidan 150 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 12 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Namangan viloyatida qayd etilgan holatda, Kosonsoy tumanidagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari mazkur xo‘jalikning 24 gektar yer maydonini mansabdor tanishi orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 240 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 50 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning mansabdor tanishi hisoblangan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi «Agrosanoatni rivojlantirish agentligi» davlat muassasasining Kosonsoy tuman loyiha ofisi bosh mutaxassisi yuqoridagi yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Boshqa holatda esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Andijon viloyati boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs Andijon tumanidagi paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari tomonidan 6 sotix yer maydoniga noqonuniy qurilgan bino va inshootlar bo‘yicha hisoblanishi kerak bo‘lgan zararni kamaytirib xulosa berish evaziga 1000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:49 / 30.12.2025
Farg‘onada sud boshqaruvchisi yordamchisi pora bilan ushlandi
21:25 / 27.12.2025
Endi hokim o‘rinbosari bir vaqtning o‘zida obodonlashtirish boshqarmasiga ham rahbarlik qiladi
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
08:41 / 24.12.2025