O‘zbekiston | 15:01 / 07.07.2025
2494
1 daqiqa o‘qiladi

Burchmullada yirik shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida quvvati 20 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan. Obekt 10 gektar maydonga joylashtiriladi. Stansiya yiliga 129,6 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Foto: Shutterstock

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yirik shamol elektr stansiyasi qurilmoqda.

Bu loyiha doirasida Burchmulla hududidan 10 gektar yer maydoni viloyat hokimining qarori asosida ajratilgan.

Umumiy quvvati 20 MVt bo‘lib, yiliga 129,6 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Bu esa yiliga 811,1 ming m³ tabiiy gaz yoki 3,15 ming tonna ko‘mir tejash imkonini beradi. Bu nafaqat atrof-muhit muhofazasi, balki iqtisodiy jihatdan ham samarali yechim hisoblanadi. 

Loyihaning umumiy qiymati 28 million AQSh dollari bo‘lib, qurilish grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid