Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
U o‘z taxtasida shahardan 13 km uzoqlikdagi orolga suzib borgan. Haddan tashqari sovuq qotgan yigit shifoxonaga yetkazilgan.
Avstraliyada 19 yoshli syorfer Darsi Difxolst bir kecha okeanda qolib ketib, o‘zining taxtasida Vuli shahridan 13 kilometr uzoqlikdagi orolga suzib bordi, deb yozadi ABC News.
Qayd etilishicha, Vulidagi plyajda kechqurun yigitning kiyim-kechagi topilganidan keyin uning oilasi o‘g‘li yo‘qolib qolgani to‘g‘risida murojaat qilgan. Ota farzandini tirik topishlariga umid qilgan bo‘lsada, eng yomoniga tayyor turgan. Erkakning hisoblashicha, bunday vaziyatda yolg‘iz insonning omon qolishi milliondan bir holatda yuz beradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘ngillilar yigitni qidirishga tushgan. Ulardan biri — Keysi Meyker qidiruv-qutqaruv ishlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, suvning ko‘tarilish va pasayishini aniqlashda ChatGPT’dan foydalangan.
Aftidan, yigitni oqim qirg‘oqdan olib ketgan. Uni topgan qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, Difxols haddan tashqari soquv qotgan. U tekshiruvlar uchun shifoxonaga yetkazilgan.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026