Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik yana uch oyga uzaytirildi
Oliy Rada mamlakatda harbiy holat va safarbarlikni 2025 yil 5 noyabrgacha uzaytirdi. Bu Ukrainada harbiy holat va umumiy safarbarlikning 16 marta uzaytirilishi hisoblanadi.
Ukraina Oliy Radasi mamlakatda harbiy holat va safarbarlikni uch oyga — 2025 yil 5 noyabrga qadar uzaytirdi. Bu haqda deputat Yaroslav Jyeleznyak xabar berdi.
Harbiy holatni uzaytirishni yoqlab 320 nafar deputat ovoz bergan, bir nafar deputat — «Yevropa birdamligi»dan Aleksey Goncharenko qarshi chiqqan, yana 16 nafar deputat esa ovoz berish jarayonlarida ishtirok etmagan.
Safarbarlikni uzaytirishni yoqlab esa 304 nafar deputat ovoz bergan, Aleksey Goncharenko yana qarshi chiqqan, «Xalq xizmatkori» partiyasi deputati Georgiy Mazurashu esa ovoz berishdan tiyilgan.
Bundan oldin Oliy Rada yanvar oyida harbiy holat va umumiy safarbarlik muddatini 2025 yil 6 avgustga qadar uzaytirishga ovoz bergandi. Bu mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlikning 16 marta uzaytirilishi hisoblanadi.
Ukrainada harbiy holat davrida saylovlar o‘tkazish mumkin emas. RF hukumati bir necha Ukraina prezidentining legitimligini shubha ostiga olib, Zelenskiyning vakolatlari muddati tugaganini ta’kidlagan.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026