Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rustem Umerov boshqa ishga o‘tdi
Ukraina mudofaa vazirligidan ketgan mulozim endi Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi bo‘ldi.
Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi lavozimini egalladi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tegishli farmonni imzolagan.
Umerov mudofaa vazirligini 2023 yil sentabridan buyon boshqarib kelgan. Joriy yil 14 iyulida Zelenskiy Oliy Radaga bosh vazir Denis Shmigalni mudofaa vaziri lavozimiga tayinlashni taklif qildi. Shmigalning o‘rniga esa iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko hukumatning yangi rahbariga aylandi.
Bungacha Umerov Ukrainaning AQShdagi elchisi lavozimiga asosiy nomzod sifatida ko‘rilayotgandi. Yakunda esa Vashingtondagi diplomatik missiyani Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari – adliya vaziri lavozimida ishlagan Olga Stefanishina boshqaradigan bo‘ldi.
«RBK-Ukraina» manbalariga ko‘ra, endi Umerov Rossiya bilan muzokaralarga e’tibor qaratadi. Nashr aynan u Istanbul formatidagi muzokaralarda Ukraina guruhi tarkibida bo‘lganini eslatgan.
Rustem Umerov Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi lavozimida 2024 yil martidan buyon ishlagan (ilgari Ukraina tashqi razvedka xizmati rahbari bo‘lgan) Aleksandr Litvinenkoning o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026