Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi
Tailand va Kambodja rahbarlari Malayziya mezbonligida - uchrashuv o‘tkazib, harbiy harakatlarni to‘xtatish va bevosita muloqotni tiklashga kelishib oldi. «Bugun yarim tundan boshlab hech qanday sharsiz o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinadi», dedi Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim.
Foto: EPA
28 iyul kuni Tailand va Kambodja rahbarlari Malayziyada, bosh vazir Anvar Ibrohim mezbonligida — uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda tomonlar harbiy harakatlarni to‘xtatish va bevosita muloqotni tiklashga kelishib oldi.
Reuters nashriga ko‘ra, Kambodja va Tailand yetakchilari so‘nggi o‘n yillikdagi yirik qonli to‘qnashuvni yakunlash maqsadida, yarim tun (soat 00:00) dan boshlab kuchga kiradigan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
«Bugun yarim tungi soatdan boshlab kuchga kiradigan, zudlik bilan va hech qanday sharsiz o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinadi. Bu — yakuniy qaror», dedi Malaziya bosh vaziri Anvar Ibrohim Tailand va Kambodja yetakchilari bilan birga o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
«Bugun juda yaxshi uchrashuv o‘tkazdik va yaxshi natijalarga erishdik... Bu muzokaralar insonlar halok bo‘lishiga, jarohatlar va ko‘plab odamlarning ko‘chirilishiga sabab bo‘lgan urushni darhol to‘xtatadi degan umiddamiz», degan Kambodja bosh vaziri Xun Manet. U, shuningdek, Prezident Tramp va Xitoyga jarayondagi yordami uchun minnatdorlik bildirdi.
Tailand muvaqqat Bosh vaziri Phumtam Vechayachay, muzokaralar arafasida Kambodjaning samimiyligiga shubha bildirgandi. Lekin, u keyinroq «Tailand sulhga rozi bo‘ldi va bu sulh har ikki tomon tomonidan yaxshi niyat bilan muvaffaqiyatli amalga oshirilishi»ni ta’kidladi.
Janubi-Sharqiy Osiyodagi qo‘shni davlatlar bir-birini o‘tgan haftada boshlangan to‘qnashuvni boshlaganlikda ayblamoqda. Mojaro og‘ir artilleriya zarbalari va Tailand havo hujumlari bilan 817 kilometrlik (508 mil) quruqlikdagi chegara bo‘ylab kuchaygan. Qurbonlar soni 30 kishidan oshdi, shulardan 20 nafardan ortig‘i tinch aholi ekani aytilmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 200 000 dan ortiq odam chegara hududlaridan evakuatsiya qilingan.
Anvar Ibrohim payshanba kuni uzoq davom etgan chegara nizosi qurolli mojaroga aylangach, darhol sulh muzokaralarini taklif qilgan edi. Xitoy va AQSh ham muzokaralarda vositachilik qilishga tayyorligini bildirgan.
AQSh Prezidenti Donald Tramp dam olish kunlari har ikki yetakchiga qo‘ng‘iroq qilib, nizo bo‘yicha kelishuvga erishishni so‘ragan va agar ular jangovar harakatlarni to‘xtatmasalar, AQSh bilan savdo bitimlari tuzilmasligidan ogohlantirgan.
Tailand va Kambodja o‘rtasidagi taranglik may oyining oxirida qisqa to‘qnashuv chog‘ida kambodjalik askar o‘ldirilganidan keyin yanada kuchaygan. Har ikki tomon chegara hududlariga qo‘shimcha qo‘shinlar joylashtirdi, bu esa Tailanddagi zaif koalitsion hukumatni inqiroz yoqasiga olib keldi.
Mavzuga oid
23:08 / 03.12.2025
Malayziya MH370 reysi yo‘qolganidan 10 yil o‘tib, uni qidiruv ishlarini yana davom ettiradi
21:27 / 01.12.2025
Janubi-Sharqiy Osiyoda halokatli toshqinlar bo‘lmoqda – fotosuratlar
19:20 / 30.11.2025
Indoneziyada suv toshqinlari oqibatida 440 dan oshiq kishi halok bo‘ldi
10:01 / 25.11.2025