Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayoni boshlandi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1 avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishi mumkin.
Reglamentga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
- 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
- 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
- 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
Arizalar qabuli 1 avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
Ma’lumot uchun, 2025-2026 o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishi mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.
Mavzuga oid
18:15 / 20.08.2025
1-kurs talabalaridan yotoqxonaga arizalar qabuli boshlandi
15:56 / 16.08.2025
Navoiyda bir maktabning barcha bitiruvchisi talaba bo‘ldi
08:10 / 09.08.2025
O‘zbekiston va BAA talabalar hamda shifokorlar almashinuvini yo‘lga qo‘yadi
13:53 / 08.08.2025