Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi 18 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi
Diplomatlar Turkiyaning Mersin viloyatidagi vatandoshlar holidan xabar oldi.

Safar xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordamlar ko‘rsatish va chet elda mushkul ahvolda qolgan vatandoshlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida e’lon qilingan "Vatanga qaytarish" insonparvarlik aksiyasi doirasida tashkil etildi.
Tashrif doirasida Mersin viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi. Sayyor qabul davomida 18 nafar fuqaroga "Vatanga qaytarish" xayriya insonparvarlik aksiyasi doirasida Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aviachipta xarid qilib berildi. Ular Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan tashkil etilgan charter reys bilan Antaliya-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha vatanga qaytarildi.
Bundan tashqari, tashrif davomida O‘zbekiston fuqarolarini uyushgan holda joylashtirish maqsadida Mersin viloyatidagi Asya Fel Group kompaniyasi mas’ullari bilan muzokara o‘tkazildi.
Muzokaralar davomida kompaniya direktori Eren O‘zturk Turkiyaning Nig‘de viloyatida yangi qurilayotgan ishlab chiqarish fabrikasiga ishchi kuchiga ehtiyoj borligini bildirdi va ushbu bo‘sh o‘rinlarga O‘zbekiston fuqarolarini jalb qilishga tayyorligini ta’kidladi.
Asya Fel Group kompaniyasi 2010 issiqxona materiallari ishlab chiqarish maqsadida tashkil qilingan. Shuningdek, mazkur korxona Navoiy viloyatida 147 gektar maydonda issiqxona barpo qilgan.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026