Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peugeot 2008 GT Exclusive sotuvi boshlandi
Ispaniyada ixcham krossover xaridorlarga benzinda va tokda harakatlanadigan ikki xil versiyada taklif etilmoqda.
Peugeot 2008 GT Exclusive saloni Italiyada ishlab chiqarilgan yuqori sifatli sun’iy mikrofiber materiali Alcantara Mistral bilan qoplangan. O‘rindiqlar isitish, sovitish, shuningdek, massaj funksiyalariga ega. Ikkita 10 dyuymli displey ham o‘rnatilgan, biri ma’lumotlar paneliga, ikkinchisi esa multimediaga javob beradi. Bundan tashqari, navigatsiya, moslashuvchan kruiz nazorati, ko‘rinmas hududlar nazorati va orqani ko‘rish kameralari ham o‘rnatilgan.
Mashina tashqi ko‘rinishi esa 17 dyuymli yengil qotishma disklari, to‘liq LED chiroqlari va kuzovning o‘ziga xos dizayni bilan ajralib turadi.
Avtomobil ikki xil versiyada sotuvga chiqdi. Birinchisi 145 ot kuchiga ega 1,2 litrli turbodvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, u benzinda harakatlanadi. Ikkinchisi elektromobil bo‘lib, uning elektromotori 156 ot kuchini beradi. 54 kWh batareya mashinaga 399 km masofa bosib o‘tish imkonini beradi.
Narxlar benzinli versiya uchun 35 726 yevrodan, elektromobil uchun esa 44 656 yevrodan boshlanadi.
Mavzuga oid
13:24 / 01.12.2025
Madridda Pedro Sanchesga qarshi o‘n minglab kishi norozilikka chiqdi
10:19 / 24.11.2025
O‘zbekiston va Ispaniya zaytunchilikda hamkorlikni kuchaytiradi
08:19 / 19.11.2025
Zelenskiyning Madridga tashrifi: Ispaniya Ukrainaga yordamni davom ettiradi
14:41 / 10.11.2025