Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram shantaj va tovlamachilik uchun kanallarni bloklashni boshladi
Messenjer asoschisi Pavel Durovning so‘zlariga ko‘ra, faqat rad etib bo‘lmas dalillar mavjudligi tufayli bunday kanallar faoliyatiga chek qo‘yiladi.
Telegram foydalanuvchilari firibgarlik va shantaj haqida «yuzlab xabarlar» yubordi, dedi messenjer asoschisi Pavel Durov. Uning ta’kidlashicha, ushbu materiallar asosida messenjer shaxsning roziligisiz uning shaxsiy ma’lumotlarini oshkor etgani va tovlamachilik qilgani uchun ko‘plab kanallarni bloklaydi.
Durovning so‘zlariga ko‘ra, faqat rad etib bo‘lmas dalillar mavjudligi tufayli bunday kanallar faoliyatiga chek qo‘yiladi.
Telegram asoschisi ushbu messenjer «doksing va shantaj uchun joy emasligini» ta’kidlab, bunday kanallarni yurituvchilarni topishga va’da berdi.
2025 yil iyul oyida Durov Telegram platformasidagi tovlamachilik sxemalari haqida ogohlantirgan edi. Jumladan, u foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini oshkor qilish bilan qo‘rqitib, buning uchun pul talab qiladigan firibgarlar paydo bo‘lganini ta’kidladi.
Messenjer asoschisining so‘zlariga ko‘ra, ba’zi kanallar obro‘sizlantiruvchi postlarni joylashtirish va ularni o‘chirish uchun pul undirish bilan shug‘ullangan. Durov bunday harakatlarni noqonuniy va axloqsiz deb atadi, foydalanuvchilarni shantaj holatlari haqida dalillarni ilova qilgan holda darhol xabar berishga chaqirdi.
Mavzuga oid
08:36 / 12.05.2026
Telegram orqali aldangan buxgalter firibgarlarga 1 mlrd so‘m o‘tkazib berdi
18:35 / 05.05.2026
Telegram’dagi tuzoq – O‘zbekistonda Rossiya-Ukraina urushiga yollovchi shaxslar paydo bo‘lmoqda
23:06 / 22.04.2026
Pavel Durovning Rossiyadagi kvartirasiga tergovga chaqiruv qog‘ozi keldi
10:22 / 11.04.2026