Jahon | 09:52 / 13.08.2025
5232
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina «provokatsiya» uyushtirmoqchi ekanini ma’lum qildi

Ta’kidlanishicha, Ukraina Tramp-Putin muzokaralarini «to‘xtatish uchun shart-sharoitlar» yaratish maqsadida ushbu zarba uchun javobgarlikni Rossiyaga to‘nkashni rejalashtirmoqda.

Foto: Stoyan Vasev/TASS

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina go‘yo AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putinning muzokaralarini buzish uchun «provokatsiya» tayyorlayotganini ma’lum qildi, deb xabar berdi Meduza.

Idoraning ta’kidlashicha, «provokatsiyani» axborot bilan ta’minlash uchun Ukraina Xavfsizlik xizmati xorijlik jurnalistlarni «front yaqinidagi shahar aholisi haqida bir qator reportajlar tayyorlash afsonasi ostida» Xarkov viloyatining Chuguyev shahriga olib borgan.

Ta’kidlanishicha, 15 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan sammit oldidan Ukraina Qurolli kuchlari aholi zich yashaydigan kvartallardan biriga yoki tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlar bo‘lgan shifoxonaga uchuvchisiz uchish apparatlari va raketalardan foydalangan holda provokatsion zarba berishni rejalashtirgan.

Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Ukraina «salbiy media foni» va muzokaralarni «to‘xtatish uchun shart-sharoitlar» yaratish maqsadida ushbu zarba uchun javobgarlikni Rossiyaga to‘nkashni rejalashtirmoqda.

Idora o‘z bayonotiga hech qanday dalil keltirmadi va e’lon qilingan ma’lumotlar manbalarini ko‘rsatmadi.

Putin va Tramp o‘rtasidagi muzokaralar 15 avgust kuni Alyaskaning Ankorij shahrida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid