O‘zbekiston | 18:08 / 13.08.2025
2256
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro astronavtika kongressi 2028 yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin

Ushbu tadbirni O‘zbekistonda o‘tkazish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Xalqaro astronavtika federatsiyasi ijrochi direktori Kristian Fayxtinger Samarqand va Toshkent shahrida tekshiruv-kuzatuv ishlarini olib bordi.

Foto: O‘zbekkosmos

“O‘zbekkosmos” agentligi vakillari Xalqaro astronavtika kongressini Samarqandda o‘tkazish taklifini ilgari surdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ushbu tadbirni O‘zbekistonda o‘tkazish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Xalqaro astronavtika federatsiyasi ijrochi direktori Kristian Fayxtinger Samarqand va Toshkent shahrida tekshiruv-kuzatuv ishlarini olib borib, kongressni qabul qilishga tayyorlik darajasi, moddiy-texnik baza, transport va mehmonxona infratuzilmasi, xavfsizlik, ijtimoiy tadbirlarni tashkil etish hududlari bilan yaqindan tanishdi, vazirlik va idoralar mas’ullari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

2023 yilda ushbu tadbirga Ozarboyjon mezbonlik qilgan bo‘lsa, 2024 yilda kongress Italiyaning Milan shahrida o‘tkazildi. Joriy yilning 29 sentabr-3 oktyabr kunlari esa uni Avstraliya qabul qilib oladi.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid