Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (Özbekkosmos) birinçi özbek kosmonavtini tanlov asosida aniqlaydi. Bu haqda «Özbekkosmos» direktori örinbosari Muhiddin Ibrohimov «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Kosmonavtlikka talab yuqori böladi, soğliq, fiziologiya, ilmiy, xorijiy til biliş nuqtai nazaridan. Umumxalq tanlovi qilmoqçimiz. Bölajak kosmonavt hozir öqiyotgan bölişi yoki işlayotgan bölişi mumkin. Kim bölişidan qat’i nazar, kosmonavt böliş juda katta baxt», dedi Ibrohimov, biroq tanlovning şartlari va muddatiga aniqlik kiritmadi.
Şuningdek, u prezidentga sun’iy yöldoşlarning turli modellari böyiça taqdimot tayyorlanayotganini ma’lum qildi.
«Bu Yerni masofadan zondlaş sun’iy yöldoşi va biz ikki xil modelni körsatdik. Asosiy maqsadimiz - taqdimotda sun’iy yöldoşning tuzilişi: u nimalardan iborat, foydali yuk, asosiy qism, quyoş panellari qanday işlaşi va orbitada qanday körinişi haqida ma’lumot berişdir», dedi u.
Ibrohimov sözlariga köra, hozir Yaponiyaning Kyusyu texnologiya institutida ta’lim olayotgan 7 nafar özbekistonlik talaba birinçi milliy ilmiy sun’iy yöldoş yaratiş ustida işlamoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 16 fevral kuni birinçi özbek kosmonavtini tayyorlaş böyiça dastlabki işlar taqdimoti bilan tanişgan edi. Unda kosmonavtni qisqa muddatga – 10-14 kunlik parvozga tayyorlaş taklif qilindi, bunday parvozlarni taşkil etiş böyiça xalqaro hamkorlik istiqbollari körib çiqildi.













