Xitoy tomonidan fazoga uçirilişi rejalaştirilayotgan giperspektral sun’iy yöldoşga «Samarqand-2028» nomi beriladi. Bu 2028 yil Samarqandda ötkaziladigan Xalqaro astronavtika kongressini ramziy ma’noda ifodalaydi. Bu haqda «Özbekkosmos» xabar berdi.

Qayd qilinişiça, «Özbekkosmos» agentligi va «STAR.VISION» kompaniyasi örtasida şu haqdagi memorandum imzolangan.

Ta’kidlanişiça, memorandumga köra yerni masofaviy zondlaşga möljallangan mazkur yöldoş uçun sun’iy intellekt modulini «Özbekkosmos» agentligi mutaxassislari işlab çiqadi. Yöldoş olgan suratlarni havo sifatini birlamçi baholaş, qişloq xöjaligi ekinlari va örmonlarni monitoring qilişda qöllaş mumkin böladi.

Avvalroq, prezident Şavkat Mirziyoyev xuzurida «Samarqand-2028» sun’iy yöldoşini işlab çiqiş işlarining borişi körib çiqilgan edi.