Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiya neft kompaniyalariga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishi mumkin – OAV
Qayd etilishicha, Rossiya neft tankerlariga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish, Rossiya neftini sotib olayotgan mamlakatlarga nisbatan qo‘shimcha bojlar joriy etish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda.
Agar Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa, AQSh “Rosneft” va LUKOYLga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi Bloomberg o‘z manbalariga tayanib.
Agentlik suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp jahon neft bozorida narxlar keskin oshib ketishi ehtimoli bois bu qisqa muddatli chora bo‘lishini taxmin qilmoqda.
Qayd etilishicha, bundan tashqari, Rossiya neft tankerlariga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish, Rossiya neftini sotib olayotgan mamlakatlarga nisbatan qo‘shimcha bojlar joriy etish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda.
15 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Alyaska shtatining Ankorij shahriga yetib keldi.
Mavzuga oid
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
21:46 / 25.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili Jyeymison Grir bilan uchrashdi
21:30 / 25.06.2026