Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh «aksilamerika» qarashlariga ega migrantlarni kiritmaydi
Shuningdek, antisemit qarashlarni targ‘ib qilish yoki qo‘llab-quvvatlash, antisemit terroristik tashkilotlar bilan har qanday aloqalar «o‘ta salbiy omil» sifatida baholanadi.
Foto: iStock
AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmati (USCIS) yashash uchun ruxsatnoma, fuqarolik yoki mamlakatga kirish huquqini olish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar ro‘yxatini yangiladi. Endi barcha kiruvchilar «Amerikaga qarshi» qarashlar va xatti-harakatlar bo‘yicha tekshiriladi.
Endi USCIS mamlakatga kirish uchun arizalarni ko‘rib chiqishda «aksilamerika» va antisemit qarashlarni targ‘ib qilish yoki qo‘llab-quvvatlash va ayniqsa antisemit terroristik tashkilotlar bilan har qanday aloqalarni «o‘ta salbiy omil» sifatida ko‘rib chiqadi. Shu bilan birga, «Amerikaga qarshi qarashlar» nima ekaniga aniqlik kiritilmagan.
The Wall Street Journal ta’kidlaganidek, yangiliklar Sovuq urush davridagi normalarga juda o‘xshaydi, shu vaqtda kommunistik partiyalar a’zolari uchun mamlakatga kirish taqiqlangan edi.
Yangiliklardan tashqari, salbiy omillarga an’anaviy ravishda og‘ir jinoyatlar, giyohvand moddalarni suiiste’mol qilish, mast holda mashina haydash va yo‘l harakati qoidalarini muntazam ravishda buzish ham kiradi. Ijobiy omillar esa oliy ma’lumotga ega bo‘lish, barqaror ish tajribasi, oila a’zolariga g‘amxo‘rlik qilish va ijtimoiy hayotda ishtirok etish hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:35
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40