Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vashingtonda noqonuniy migrantlarni hibsga olish holatlari o‘n barobarga oshdi – CNN
Qayd etilishicha, Tramp lavozimiga kirishganining dastlabki olti oyi davomida Vashingtonda migratsiya xodimlari haftasiga o‘rtacha 12 nafar migrantni ushlashgan.
Foto: Adrees Latif/Reuters
Donald Trampning Vashingtonda jinoyatchilikka qarshi kurashish choralari ortidan AQSh poytaxtida noqonuniy migrantlarni hibsga olish holatlari o‘n barobarga oshdi, deb xabar berdi CNN telekanal.
"7 avgustdan buyon federal xodimlar Kolumbiya okrugida qonuniy immigratsion maqomga ega bo‘lmagan 300 kishini hibsga oldi... bu odatiy hibsga olish holatlaridan o‘n barobar yuqori", - deyiladi telekanal xabarida.
Qayd etilishicha, Tramp lavozimiga kirishganining dastlabki olti oyi davomida Vashingtonda migratsiya xodimlari haftasiga o‘rtacha 12 nafar migrantni ushlashgan.
Avvalroq Tramp poytaxtni «jinoyatchilik, qon to‘kilishi, tartibsizlik va falokatlardan» himoya qilish uchun «Vashingtondagi favqulodda xavfsizlik holati» tufayli turli shtatlardan 2 mingga yaqin Milliy gvardiya askarlari va harbiylarni yuborgan edi.
Mavzuga oid
16:23 / 13.10.2025
Vashingtonda qayerlarga borsa bo‘ladi?
14:17 / 17.09.2025
Vashington Ukrainaga qurol yetkazib berishni tiklayapti
12:18 / 25.08.2025
Vashingtonda AQSh Milliy gvardiyasiga o‘qotar qurol tarqatildi
08:01 / 22.08.2025