Oq uy 4 iyun kuni Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel hamda mamlakatning sobiq rahbari Raul Kastro oilasining bir qator vakillariga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar joriy etilganini ma’lum qildi.

Ma’lum qilinişiça, AQŞ Davlat departamenti Dias-Kanelga nisbatan avval ham sanksiyalar qöllagan bölsa, yangi çeklovlar prezidentning turmuş örtoği va ögay öğlini ham qamrab olgan. Şuningdek, Raul Kastroning öğli va nabiralaridan biri ham sanksiyalar röyxatiga kiritilgan.

Raul Kastro Kuba inqilobi yetakçisi Fidel Kastroning ukasi hisoblanadi. 95 yoşli siyosatçi rasmiy lavozim egallamasa-da, mamlakatdagi muhim qarorlarga ta’sir körsatişda davom etayotgani ta’kidlanmoqda. AQŞ ötgan oyda uni 1996 yilda ikki fuqarolik samolyotining yöq qilinişini taşkil etişda ayblagan edi. Öşa hodisada tört kişi halok bölgan.

Vaşington va Havana örtasidagi munosabatlar sönggi oylarda yanada keskinlaşdi. Kuba rasmiylari AQŞni orol davlatiga qarşi harbiy harakatlar uçun bahona izlaşda ayblab kelmoqda. Prezident Donald Tramp esa bir neça bor Kuba ustidan nazorat örnatiş haqida keskin bayonotlar bergan.

Kuba 1962 yildan buyon AQŞning iqtisodiy embargosi ostida yaşab kelmoqda. Mamlakat hozirda Sovet Ittifoqi parçalanganidan keyingi eng oğir iqtisodiy inqirozlardan birini boşdan keçirmoqda. Orolda elektr energiyasi uzilişlari va yoqilği tanqisligi kuzatilmoqda.

Naşr ma’lumotlariga köra, Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning hokimiyatdan çetlatilişidan keyin Kubaning energetika ta’minoti bilan boğliq muammolari yanada kuçaygan. Venesuela avvalroq Kubaning asosiy neft yetkazib beruvçilaridan biri hisoblangan.