Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2,6 mlrd so‘mlik tovar kodini o‘zgartirib, to‘lovdan qochmoqchi bo‘lganlar aniqlandi
Farg‘onada bojxonada tovar kodlarini arzonrog‘iga alishtirish orqali kamroq boj to‘lashga uringan shaxslar aniqlandi.
Foto: Bojxona qo‘mitasi
Bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, tovarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasidagi kodini bojxona yuk deklaratsiyasida to‘g‘ri qo‘llash davlat budjetiga bojxona to‘lovlarini to‘liq undirishga xizmat qiladi. Shunday tovarlar borki, ular o‘xshash bo‘lsa-da, turlicha kodlar bilan tasniflanadi va bojxona stavkalari ham turlicha belgilanadi.

“Vodiy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida ham tovar kodlari o‘xshashligidan ustomonlik bilan foydalanishga urinib, yuqori stavkali tovarlarni go‘yoki past stavkali tovarlar tarzida olib kirmoqchi bo‘lganlar aniqlandi.
Bunda tadbirkorlik sub’yektlaridan birining nomiga chetdan keltirilgan 2876 dona monitorlar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, ko‘rsatilganidek “suyuq kristalli displey” emas, aksincha “suyuq kristalli rangli monitor” ekani ma’lum bo‘lgan.

Qiymati 2,6 milliard so‘mdan ziyod bo‘lgan mazkur monitorlar rasmiy import qilinganida, davlat budjetiga qo‘shimcha 350 million so‘m bojxona to‘lovlari undirilgan bo‘lar edi. Ushbu mablag‘lar bilan eng kam pensiya oladigan 44 nafar fuqaroni bir yil davomida pensiya bilan ta’minlash mumkin.
Mavzuga oid
19:55 / 25.12.2025
Qanday holatda xorijdan havo tozalagich buyurtma qilinganda bojxonada qo‘shimcha pul to‘lashga to‘g‘ri keladi?
08:53 / 24.12.2025
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
22:32 / 23.12.2025
“Kun.uz’da chiqqan video sabab orzumga erishdim” – Harvard grantini yutgan qiz
15:02 / 23.12.2025