Keça, 3 iyun kuni Farğona viloyati Boğdod tumanidagi fermer xöjaliklaridan birida inson ölimi bilan boğliq baxtsiz hodisa sodir böldi.

Ma’lum qilinişiça, membranali qoplama asosida qurilgan suv havzasiga tuşib ketgan fuqaro çökib halok bölgan.

Mazkur holatdan söng Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari membranali qoplamali suv rezervuarlaridan foydalanuvçi fermerlarni xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilişga çaqirdi.

Ta’kidlanişiça, bunday suv havzalari atrofi tösib qöyilişi, ogohlantiruvçi belgilar örnatilişi hamda ularga begonalar va bolalarning yaqinlaşişiga yöl qöyilmasligi lozim.

Mutaxassislarga köra, xavfsizlik talablariga amal qilmaslik nafaqat fermer xöjaligi xodimlari, balki atrofdagi aholi uçun ham jiddiy xavf tuğdirişi mumkin.