Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalliy ijro hokimiyati organlarida – mehnatga haq to‘lashning yangi tizimi
Prezidentning "Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.
Foto: Kun.uz
"Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar (shaharlar) hokimliklari boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lashning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizimi joriy etilmoqda:
- mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining lavozim maoshini mehnatga haq to‘lashning yangilangan tarif setkasiga muvofiq yagona tamoyil asosida, shuningdek, xizmat muddati va lavozimini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan tarif koeffitsiyentlari bo‘yicha shakllantirish;
- boshqaruv xodimlari tomonidan erishilgan samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) asosida malaka darajalari (martaba darajalari) uchun har oylik ustamalar shaklidagi rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni, shuningdek, hisobot davri yakunlari bo‘yicha rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni (bonus to‘lovlari) amalga oshirish;
- mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lash faqat Farmonda belgilangan shartlar asosida amalga oshiriladi, qo‘shimcha ustamalar, mukofotlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash taqiqlanadi (davlat mukofotlari uchun to‘lovlar bundan mustasno).
2025 yil 1 avgustdan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida mehnatga haq to‘lash fondiga quyidagilar kiritiladi:
- lavozim maoshi;
- asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlariga (KPI) erishganlik uchun lavozim maoshiga har oylik ustamalar;
- malaka darajalari (martaba darajalari) uchun to‘lovlar;
- mukofotlar va bonus to‘lovlari.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:
- mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tarif setkasi razryadlari;
- mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif koeffitsiyentlari;
- Faoliyat samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlariga (KPI) erishganlik uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining lavozim maoshiga har oylik ustamalar miqdorlari va boshqalar.
Mavzuga oid
16:44 / 25.08.2025
O‘zbekistonda real ish haqi o‘sishi mintaqa davlatlariga nisbatan ortda qolyapti – MB
13:40 / 07.08.2025
Xorazmda 119 nafar xodimga 1,3 mlrd so‘mlik ish haqi undirib berildi
17:37 / 25.07.2025
3,7 mln so‘mdan 16,2 mln so‘mgacha – O‘zbekistondagi o‘rtacha oyliklar e’lon qilindi
12:12 / 03.06.2025