2025 yilning II çoragida Özbekistonda iş haqining nominal ösiş sur’ati yillik 17,2 foizni, real ösiş sur’ati esa 7,3 foizni taşkil etdi. Bunda örtaça oylik iş haqi qariyb 6 mln sömga teng böldi, deyiladi Markaziy bankning mehnat bozori şarhida. 

Sohalar kesimida, moliya va suğurta hamda axborot va kommunikatsiya xizmatlari yönalişlarida örtaça iş haqining boşqa sohalarga nisbatan yuqori şakllanişi saqlanib qolgan (mos ravişda 16,3 va 14,8 mln söm). Şu bilan birga, II çorak davomida axborot, transport va ijtimoiy xizmatlar yönalişlarida faoliyat yurituvçi xodimlarning iş haqi qolgan tarmoqlarda faoliyat yurituvçilarnikiga nisbatan real va nominal qiymatlarda yuqoriroq ösgan. Iş haqining eng kam ösişi quriliş sohasida kuzatilib, uşbu sohada faoliyat yurituvçi xodimlarning örtaça iş haqi nominal qiymatda yillik 6,1 foizga oşgan bölsa, real qiymatda 2,8 foizga kamaygan. 

Joriy yilning yanvar-mart oylari davomida Markaziy Osiyo davlatlarida real iş haqining örtaça ösişi 9,8 foizni, ayrim Kavkaz davlatlarini hisobga olganda esa 9,1 foizni taşkil etgan. Uşbu davrda Özbekistonda real iş haqi ösişi 7,2 foizga teng bölgan

“Iqtisodi öxşaş mamlakatlarga nisbatan mazkur tafovutning uzoq muddat saqlanib qolişi kelgusida Özbekiston mehnat bozori iştirokçilarining xarid qobiliyati pasayişiga va talabning susayişiga olib keladi”, deyiladi MB şarhida.

Ikkinçi çorakda Özbekistonda mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori 91 dollarni taşkil etgan. Mintaqa davlatlari orasida minimal iş haqining eng yuqori miqdori Belarus (243 dollar), Ozarboyjon (235 dollar) va Mongoliyada (222 dollar) qayd etilgan.

“Özbekistonda yillik minimal iş haqining aholi jon boşiga YaIM hajmiga nisbati 35 foizga teng böldi. Uşbu körsatkiçning yuqoriroqligi mamlakatda daromadlar boşqa davlatlarga nisbatan tengroq taqsimlanganini körsatsa, nisbatning pastligi aksinça, daromadlarning notekis taqsimlanganidan dalolat beradi. Mintaqa davlatlari orasida Qozoğiston (14 foiz), Qirğiziston (14 foiz) va Gruziya (12 foiz) davlatlarini hisobga olmaganda, boşqa davlatlar, jumladan, Özbekistonning uşbu körsatkiçlari yuqoriroq va bir-biriga yaqin şakllangan”, deyiladi şarhda.