Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lego rekord daromadga erishdi
Lego kompaniyasining 2025 yil birinchi yarmidagi daromadi 12 foizga oshib, tarixiy maksimum – 5,4 milliard dollarga yetdi. Bu davrda kompaniyaning o‘yinchoq konstruktorlari qatori rekord darajada – 314 taga ko‘paydi.
Yilning dastlabki olti oyida Lego butun dunyo bo‘yicha 24 ta yangi do‘kon ochdi. Gullar va xona o‘simliklarining o‘yinchoq shakllari hamda Formula-1 miniatyura avtomobillari Lego daromadini yilning birinchi yarmida 12 foizga oshirishga yordam berdi.
“Bu tariximizdagi eng yaxshi birinchi yarim yillik natija. Daromadda rekord, operatsion foydada rekord, sof foydada rekord… Juda xursandmiz”, – dedi Lego bosh direktori Nils Kristiansen CNBS'ga bergan intervyusida.
Lego mahsulotlar assortimentini muntazam kengaytirmoqda: oxirgi vaqtlarda uy dekoratsiyasi uchun to‘plamlar va devoriy rasm mozaikalari ham paydo bo‘ldi. Kompaniya yangi litsenziya hamkorlarini topdi va “Bluey” bolalar animatsion seriali hamda “One Piece” animesi asosida to‘plamlarni taqdim etdi.
Keyingi yirik qadam – Pokemon bilan ko‘p yillik hamkorlik bo‘lib, uning natijasi 2026-yilda do‘konlarga chiqishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
22:30 / 15.03.2026
Farg‘onada ayrim bolalar o‘yinchoqlari savdodan olib tashlanmoqda
11:56 / 12.04.2025
YeI bolalar o‘yinchoqlarida qator kimyoviy moddalardan foydalanishni taqiqlayapti
13:00 / 23.01.2024
Rossiyada o‘yinchoqlarning «chet el agentlari» bilan aloqasi tekshiriladi
22:23 / 25.10.2021