Rossiyada o‘yinchoqlarning «chet el agentlari» bilan aloqasi tekshiriladi
Rossiyada o‘yinchoqlarning psixologik-pedagogik ekspertizasi boshlanadi, deb yozadi «Izvestiya» gazetasi. Tekshiruvlar, jumladan, «chet el agentlar» tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarni aniqlaydi.

Foto: RIA Novosti
«Rossiya sifat tizimi» tashkiloti (Roskachestvo) Rossiyada bolalar o‘yinchoqlarini psixologik va pedagogik ekspertizadan o‘tkazish uchun davlatlararo GOST standartini ishlab chiqdi. Bu haqda 22 yanvar, dushanba kuni «Izvestiya» gazetasi o‘z ixtiyoridagi tashkilot hujjatiga tayanib xabar berdi.
Hujjat mualliflari o‘yinlar, o‘yinchoqlar va o‘yin tuzilmalarini tasniflash mezonlarini ochib beradi, ular yordamida mahsulotlarni «bolalar ruhiyati uchun xavfsiz» deb aniqlash va ularni yoshga qarab belgilash mumkin bo‘ladi. Roskachestvo bolalar salomatligi va rivojlanishiga zarar yetkazadigan o‘yinchoqlarning 13 ta belgisini aniqladi.
Taqiq bolalarni hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid soladigan harakatlarga undaydigan, shuningdek, giyohvand moddalarni iste’mol qilish istagini keltirib chiqaradigan mahsulotlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, «zo‘ravonlikning maqbulligini oqlaydigan» yoki «jinsiy zo‘ravonlik tasvirlarini o‘z ichiga olgan» yoxud «chet el agentlari» tomonidan ishlab chiqarilgan o‘yinchoqlar sotuvga qo‘yilmaydi.
«Chet el agentlari» tomonidan tarqatiladigan axborot mahsulotlari, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, «salbiy ta’sirini cheklash» uchun majburiy markalanishi kerak, deb tushuntirdi «Iste’molchilarning ijtimoiy tashabbusi» rahbari Oleg Pavlov gazetaga. «Shuning uchun, chet el agentlari tomonidan ishlab chiqarilgan moddiy mahsulotlarga, ayniqsa, bolalar kabi nozik toifadagi iste’molchilar uchun cheklovlar joriy etish mantiqiy ko‘rinadi», dedi Pavlov.
Mavzuga oid

13:33 / 19.04.2025
Rossiyadagi «chet el agentlari» ro‘yxati jurnalistlar va blogerlar bilan to‘ldirildi

11:56 / 12.04.2025
YeI bolalar o‘yinchoqlarida qator kimyoviy moddalardan foydalanishni taqiqlayapti

13:23 / 10.04.2025
Boosty servici deyarli 30 ga yaqin «chet el agenti»ning akkauntini blokladi

10:59 / 08.02.2025