O‘zbekiston | 09:00 / 28.08.2025
7628
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston prezidenti 523 nafar mahkumni afv etdi

Mustaqillik bayrami arafasida O‘zbekiston prezidenti 523 nafar mahkumni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ulardan deyarli 200 nafari jazodan butunlay ozod qilingan, qolganlarida esa muddati yoki shartlari qisqartirilgan. Afv etilganlar orasida 8 nafar xorijlik, jumladan Tojikiston va Serra-Leone fuqarolari ham bor.

O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi arafasida prezident Shavkat Mirziyoyev jazoni o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, afv etish akti sodir etilgan jinoyat faktini bekor qilmaydi, balki «aybini anglagan, qilmishidan pushaymon bo‘lgan va yaxshilanish istagini isbotlagan odamlar uchun imkoniyatdir».

Hujjat bilan 523 nafar mahkum afv etildi. Afv etilganlarning umumiy sonidan:

  • 195 nafar shaxs jazodan butunlay ozod etildi;
  • 147 — muddatidan avval shartli ravishda;
  • 87 — jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi;
  • 94 — qamoq muddati qisqartirildi.

Afv etilganlar orasida:

  • 45 ayol;
  • 60 yoshdan oshgan 31 kishi;
  • 30 yoshgacha bo‘lgan 220 nafar, shu jumladan bir voyaga yetmagan shaxs;
  • 8 nafar chet el fuqarolari, shu jumladan Tojikistondan 6 nafar va Serra-Leonedan 1 nafar;
  • ilgari taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan 15 kishi bor. 

Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida prokuratura va tegishli idoralar tomonidan ozod etilgan shaxslarni yashash joyiga yetkazish, shuningdek, chet el fuqarolarini o‘rnatilgan tartibda o‘z vataniga deportatsiya qilish ishlari tashkil etildi.

Mavzuga oid