Jamiyat | 10:40 / 30.08.2025
3537
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzorda BMW piyodani urib yubordi

Joriy yilning 29 avgust kuni soat 21:10 larda Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

BMW rusumli avtomashina haydovchisi tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 1977 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgani natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida piyodaga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid