Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada smartfonlardan foydalanishni kuniga 2 soatgacha cheklash taklif qilindi
Rasmiylarga ko‘ra, tashabbusning maqsadi telefonlarga qaramlik muammosiga e’tibor qaratishdir.
Yaponiyaning Toyoake shahri meri (68 mingga yaqin aholi) barcha fuqarolar uchun smartfondan foydalanishni kuniga ikki soatgacha cheklashni taklif qildi. Ish, o‘qish va sport bilan shug‘ullanish bundan mustasno. Rasmiylarga ko‘ra, tashabbusning maqsadi telefonlarga qaramlik muammosiga e’tibor qaratishdir.
Shahar meri Masafumi Koki so‘zlariga ko‘ra, gap qat’iy qonun haqida emas, balki tavsiya haqida ketmoqda. Limitdan oshganlik uchun jazo qo‘llanmaydi. Shuningdek, tavsiyada bolalar uchun «komendantlik soati» ko‘zda tutilgan: kechki soat 9 gacha - boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun va kechki soat 10 gacha - o‘smirlar uchun.
Biroq bu g‘oya qarshilikka uchradi. Hokimlikka 100 dan ortiq qo‘ng‘iroq va xatlar kelib tushgan va ularning 80 foizi qarshi bo‘lgan. Aholi erkinlik cheklanishidan shikoyat qilmoqda va bunday qadamning zarurligini shubha ostiga olmoqda. Shunga qaramay, «smartfonga qaramlik» haqiqiy muammo, deb hisoblaydigan tarafdorlar ham bor.
Garchi bunday cheklov haqida o‘ylashning o‘ziyoq sovuq terga botirishi mumkin bo‘lsa-da, qaror oktabr oyida mahalliy qonun chiqaruvchilar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
O‘tgan yillar davomida o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, smartfonga uzoq vaqt tikilish ruhiy salomatlikka, munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va hatto harakatsizlik yoki uyqu buzilishi tufayli jismoniy salomatlikka zarar yetkazishi mumkin.
Mavzuga oid
20:41 / 22.06.2026
Yetakchi Android brendlari 7 dyuym ekranli smartfonni tayyorlamoqda
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
09:39 / 19.06.2026
AI inqilobi smartfonlar narxini yanada oshirishi mumkin
18:57 / 15.06.2026