Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ajdar va fil birlashishi kerak - Si Jinping
Si Jinping Xitoy va Hindiston ikki qadimiy sivilizatsiya sifatida insoniyat taraqqiyoti strategiyalarining yangilanishi uchun javobgar ekanligini ta’kidladi.
XXR rahbari Si Jinping va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Tyanszin shahrida boshlangan ShXT sammiti doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Si Jinping Xitoy va Hindiston ikki qadimiy sivilizatsiya sifatida insoniyat taraqqiyoti strategiyalarining yangilanishi uchun javobgar ekanligini ta’kidladi.
“Xitoy va Hindiston yaxshi qo‘shnichilik va do‘stona aloqalarda bo‘lishi, muvaffaqiyatlarga erishishda bir-biriga ko‘maklashishi, ya’ni ajdar va fil birlashishi kerak”,— dedi u.
Xitoy yetakchisi Pekin va Nyu-Dehli o‘rtasidagi munosabatlarga strategik va uzoq muddatli istiqbol nuqtai nazaridan qarash kerakligiga urg‘u berdi.
Narendra Modi uning bu fikrlarini qo‘llab-quvvatlashini hamda ikki tomonlama munosabatlar o‘zaro hurmat va ishonchga asoslanishi kerakligini bildirdi.
Bugun Xitoyning Tyanszin shahrida Shanhay hamkorlik tashkiloti sammiti boshlandi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham qatnashmoqda.
Mavzuga oid
08:35
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
20:13 / 25.04.2026
Hindistonda sayyohlarga «safari» paytida telefondan foydalanish taqiqlandi
10:35 / 24.04.2026
2026 yil trendi: turizm global raqobat maydoniga aylandi
10:15 / 24.04.2026