O‘zbekiston | 12:29 / 04.09.2025
3307
1 daqiqa o‘qiladi

Elektr va gaz uchun kompensatsiya olgan oilalar soni ko‘paydi

Prezident qaroriga asosan ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi bo‘yicha 150 kVt va tabiiy gaz bo‘yicha esa 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib berilmoqda.

Foto: Shutterstock/Daniele Mezzadri

Qarorga muvofiq bugungi kunga qadar 1 mln 636 mingdan ortiq ehtiyojmand oilalardan kompensatsiya olish uchun murojaatlar qabul qilindi.

Ushbu jami arizalar 2025 yilning iyul oyida elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha skoringdan o‘tkazish natijasida bazaviy me’yordan ortiq iste’mol qilgan 278,1 ming nafar oilaga 5,8 mlrd so‘m kompensatsiya pullari tayinlandi. Bu o‘tgan oyga nisbatan 71,3 ming nafar oilaga ko‘p.

Shundan, elektr energiya  uchun - 5,2 mlrd so‘m, tabiiy gaz uchun esa - 606 mln so‘m miqdorida kompensatsiya pul to‘lovlari tayinlandi.

Ma’lumot uchun: 2025 yil may oyida 152,6 mingta oilaga 3,2 mlrd so‘m, iyun oyida esa 216,4 mingta oilaga 4,2 mlrd so‘m kompensatsiya to‘langan.

Mavzuga oid