Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lissabonda “Gloriya” funikulyori halokati: 15 kishi qurbon bo‘ldi
Portugaliyaning Lissabon shahridagi dunyoga mashhur “Gloriya” funikulyori relsdan chiqib ketib, halokatga uchradi. Buning oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi jarohatlandi.
Foto: Armando Franca/AP Photo/picture alliance
Diario de Noticias nashriga ko‘ra, tros uzilib ketishi ortidan funikulyor vagoni relsdan chiqib, binoga borib urilgan. Tarmoqlarda paydo bo‘lgan videolarda 43 kishi sig‘adigan vagon butunlay vayron bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Mahalliy sog‘liqni saqlash bo‘limining Lusa nashriga bildirishicha, San Xose shifoxonasiga yetti nafar bemor olib borilgan, ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir. Prokuratura holat yuzasidan tergov boshlagan.
“Gloriya” funikulyori Yevropadagi eng qadimgilaridan biri bo‘lib, u 1885 yilda ochilgan va dastlab bug‘li dvigatelda harakatlangan. 1915 yilda esa elektrlashtirilgan. U Lissabondagi Reshtauradorish maydoni va Jardim de San Pedro de Alkantara bog‘i oralig‘ida 265 metr masofada harakatlangan. Funikulyor 2002 yilda milliy yodgorlik sifatida tan olingandi. U dunyo sayyohlari orasida juda mashhur bo‘lib, yiliga 3 mlndan ortiq kishini tashigan.
Mavzuga oid
21:37 / 12.11.2024
Portugaliyada Aleksey Navalniy memoriali ochildi. U Rossiya elchixonasi yaqinida joylashgan
14:57 / 16.08.2023
Dubay gibrid ish rejimini ma’qul ko‘ruvchilar uchun eng yaxshi shaharga aylandi, Lissabon 5-o‘ringa tushib ketdi
16:08 / 27.04.2022
Lissabon masofadan ishlaydiganlar uchun eng yaxshi shahar deb topildi
23:10 / 15.12.2021