Lissabon masofadan işlaydigan top-menejyerlar va xodimlar uçun eng jozibador şaharlar reytingida birinçi örinni egalladi. Reyting Savills köçmas mulk brokeri tadqiqotlari asosida tuzildi.
Portugaliya poytaxti «raqamli köçmançilar»ni iliq iqlimi, arzon narxlar va tezkor internet bilan öziga jalb qiladi, deya fikr bildirgan kompaniya tahlilçilari.
Şu bilan birga, xorijliklar Lissabonda yaşaş uçun mahalliy aholiga nisbatan ikki baravar köproq tölaşga tayyor, deb yozadi Bloomberg Portugaliya milliy statistika instituti ma’lumotlariga asoslanib.
Ma’lumotlarga köra, ötgan yilning oktyabridan dekabriga qadar xorijliklar Lissabondagi xonadonlarning har bir kvadrat metri uçun örtaça 4283 yevro tölagan, mahalliy aholi esa 1858 yevro tölagan.
Öşa davr mobaynida şaharda köçmas mulk narxi 11,4 foizga oşgan.
Reytingda ikkinçi öringa AQŞning Mayami şahri joylaşdi. Qayd etilişiça, bu şahar soliq imtiyozlari, past foiz stavkalari va masofadan işlaşga nisbatan qulay siyosat tufayli xodimlarni jalb etmoqda. Reytingga şuningdek, Dubay, Barbados, Barselona va Dubrovnik şaharlari kiritilgan.












