Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qayta ishlash bojxona rejimidan foydalanish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan “Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimidan foydalanish tartibini belgilaydi.
Tovarlar bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga Bojxona kodeksi hamda qayta ishlash ruxsatnomasi asosida joylashtiriladi.
Ruxsatnoma olish uchun vakolatli shaxs Bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali qayta ishlash operatsiyalari amalga oshiriladigan hududdagi bojxona organi, shuningdek maxsus turdagi tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha Bojxona qo‘mitasiga ariza taqdim etadi.
Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
🔹 ishlab chiqarish jarayoni to‘g‘risida ma’lumot;
🔹 vakolatli shaxs tomonidan aniqlangan qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi;
🔹 tovarni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiya qilishning vakolatli shaxs tomonidan belgilangan usuli bo‘yicha ma’lumoti;
🔹 qayta ishlash operatsiyalari uchun zarur bo‘lgan shartnomalar.
Bojxona organi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni 10 ish kunida ko‘rib chiqadi.
Ruxsatnoma arizada ko‘rsatilgan muddatga beriladi. Biroq ushbu muddat 2 yildan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Mavzuga oid
09:10 / 12.02.2026
Yuk ko‘tarish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
11:40 / 11.02.2026
Uchta hududda bojxona boshliqlari pensiyaga chiqarildi
19:37 / 07.02.2026
Farg‘onada nohaq ayblanib qamalgan bojxona inspektori 15 yildan so‘ng oqlandi
14:00 / 29.01.2026