Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniya va Litva AQSh harbiy yordami qisqarishini tasdiqladi
Vashington Yevropadan mudofaa sohasida mustaqilroq bo‘lishini talab qilib, Estoniya va Litvaga uzoq muddatli yordamni qisqartirmoqda. Bu qaror prezident Donald Trampning xorijiy yordamni qayta taqsimlash siyosati bilan bog‘liq.
Estoniya va Litva AQSh harbiy yordami sezilarli darajada qisqarishini tasdiqladi. Litva Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Vaydotas Urbelisning 5 sentabr, juma kuni jurnalistlarga aytishicha, Pentagon o‘tgan hafta Amerikada ishlab chiqarilgan qurollarni sotib olish bo‘yicha 333 dasturini moliyalashtirishni «nolga» qisqartirayotgani haqida har ikki davlatni xabardor qilgan.
Avvalroq The Financial Times Tramp ma’muriyati Rossiya yaqinida joylashgan davlatlar uchun uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash dasturlarini to‘xtatmoqchi ekani haqida xabar bergan edi. Urbelisning so‘zlariga ko‘ra, qisqartirishlar nafaqat Boltiqbo‘yi davlatlari, balki Sharqiy Yevropaning barcha davlatlariga taalluqlidir.
The Washington Post gazetasining aniqlik kiritishicha, gap bir necha yuz million dollar haqida ketmoqda. Oq uy AFP'ga tafsilotlarni tasdiqlamadi, biroq bu qaror Yevropa davlatlari bilan kelishilganini va Trampning yanvar oyida imzolangan Amerika tashqi yordamini qayta taqsimlash bo‘yicha farmoni doirasida qabul qilinganini ta’kidladi.
Urbelisning so‘zlariga ko‘ra, 333 dasturi so‘nggi yillarda Litvaga berilgan harbiy yordamning uchdan bir qismidan 80 foizigacha bo‘lgan qismini tashkil qilgan. Shu bilan birga, u qisqartirishlar Amerika qo‘shinlarining mintaqada bo‘lishiga ta’sir qilmasligini ta’kidladi – ularni moliyalashtirish budjetning boshqa bandlari bilan ta’minlanadi.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
13:28 / 22.06.2026